Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida yuzlab uylar gazsiz qoldi
Jamiyat
−
27 fevral 2025 4630 1 daqiqa
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida “Bog‘bon” MFYdagi 300 ta yerli xonadon, “Arg‘in” MFYdagi 400 ta yerli xonadon va 15 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

“Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Avariya-tiklash ishlari yakunlangandan so‘ng iste’molchilarni ogohlantirgan holda gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida noma’lum ekskavator tomonidan olib borilgan yer qazish ishlarini bajarish vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilgani sabab 28 mingdan oshiq aholi gazsiz qolgandi.
Live
Barchasi