Toshkentda YTHga uchragan Lacetti to‘liq yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Rohat” postiga kelaverishda Lacetti avtomobili beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgani, so‘ng to‘liq yonib, kul bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati  xavfsizligi boshqarmasi mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 3 sentyabr kuni soat tahminan 14:15 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R17a avtomobil yo‘lining 4 kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 

Haydovchi – 2001 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Q.Sh. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lning o‘ng chetidagi muhofazalovchi beton to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Beton to‘siqqa urilishi oqibatida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan va avtomobil to‘liq yonib ketgan.
 
Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchiga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing