Toshkentda YPX xodimlariga xujum qilgan “ko‘cha qirollari” qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
12966Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida YPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatgan ko‘cha bezorilari qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shaxar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 31 dekabr kunidan 2021 yilning 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 04:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasida Matiz rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan. Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil beton to‘siq ustiga chiqib to‘xtagan.
Avtomobilda bo‘lgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslarning uch nafari qo‘lga olingan va bir nafari qidirilmoqda. O‘sha vaqtda psixatrop moddalar ta’sirida bo‘lgan bezorilarning ikki nafari muqaddam sudlangani aniqlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz ushbu moddada ko‘rsatilgan xatti xarakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan 3 yildan 5 yilgacha muddatgga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
LiveBarchasi