Toshkentda YPX xodimi haydovchini kaltakladi. IIBB buning sababini ochiqladi (video)
3-sahifa
−
07 Oktabr 2022
31521Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchini urgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 7 oktyabr kuni taxminan soat 07:30 dan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori B.Nazirxo‘jayev Shayxontohur tumanidagi Bunyodkor va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida tirbandlikni bartaraf etish maqsadida harakatni tartibga solib turgan bo‘lgan.
Biroq soat 08:30 larda Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi 1984 yilda tug‘ilgan E.A. uyali telefondan foydalanib, YPX inspektorining ishorasiga bo‘ysunmasdan chorrahaga kirib kelgan. YPX inspektori haydovchiga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektorini onasidan haqorat qilgan, natijada o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Haydovchining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Qayd etilishicha, YPX inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Surishtiruv kuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ta’kidlangan.
LiveBarchasi