Toshkentda yiqilib tushgan ayolni avtobus bosib ketdi

3-sahifa

image

Toshkentda avtobusdan tushayotib, yiqilgan ayolning oyog‘i avtobus balloni ostida qoldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30-35 yoshlar atrofidagi ayol avtobusdan tushayotganida qoqilib ketgan. Oqibatda uning oyog‘ini avtobus bosib ketgan. Zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan ayol ikki soat davomida jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgan. 

“Bemor tez yordam mashinasida shok palatasiga olib kelindi. Avtobusdan tushayotganida o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida avtobus oyog‘ini bosib olgan", deydi shifokor. 

Tekshiruvlar natijasida jarohatning juda kattaligi: oyoqning yirtilgan, ezilganligi aniqlangan. Shifokorlar to‘qimalar hayotga nomutanosib bo‘lgani sababli ayolning oyog‘ini son qismidan kesib tashlashga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi YTH yuzasidan 2 ta jinoyat ishi ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing