Toshkentda yosh qizlarga qiziqish bildirgan erkak qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning o‘zi, o‘quvchilar, mahalliy aholi ishtirokida gumonlanuvchining ehtimoliy qiyofasi tuzildi. Hududda navbatchilik yo‘lga qo‘yilishi natijasida Post-patrul xizati xodimlari mavjud oriyentirovka hamda fotosurat yordamida 27 yoshli O.D.ni qo‘lga olishdi. Maktab o‘quvchilaridan biri ushlangan shaxs o‘sha erkak ekanini bildirgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli ota-onalar, sizdan kutilayotgan yoki amalga oshirilgan noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, bu haqda darhol ichki ishlar bo‘limiga, hududiy profilaktika inspektoriga yoki 102 raqamiga xabar berish so‘raladi. Siz ijtimoiy tarmoqlarda yoki turli xil guruhlarda xabarlar yuborish bilan band bo‘lganingizda, qimmatbaho vaqt yo‘qotilishi mumkin, shuni yodda tuting. Shuningdek, sizdan taxminlar va mish-mishlarni qo‘shmaslik hamda shu tariqa aholi orasida vahima qo‘zg‘atmaslikni so‘raymiz”, - deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing