Toshkentda “yashil chorraha” quriladi

Jamiyat

image

Bugun, 18 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi va 4R12 magistral yo‘li kesishuvida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, so‘nggi yillarda bu ikki yo‘lda qatnov ortgan. Bo‘stonliq va Parkent tumanlariga borayotgan sayyohlar soni ham avvalgi yillarga qaraganda bir necha barobar ko‘paygan. Shuningdek, bu kesishma kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo‘l bo‘ladi.

“Shularni inobatga olib, bu kesishmada transport bog‘lamasi qurish mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar barpo etiladi. Bularning evaziga chorraha bironta ham svetoforsiz – “yashil chorraha” bo‘ladi. Bu qulaylik natijasida haydovchi va yo‘lovchilarning vaqti hozirgiga nisbatan 20-30 daqiqaga tejaladi, harakat xavfsizligi oshadi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Prezident “Do‘stlik - Qo‘yliq” yerusti metrosi tagida qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ham ko‘zdan kechirgan. Loyiha doirasida bu yerda 36 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, sport va bolalar maydonchalari, avtoturargohlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mirziyoyev mutasaddilarga bu yerda xavfsizlik choralari va nazoratni ta’minlash, Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing