Toshkentda yangi sayilgoh tashkil etilyapti

Jamiyat

Poytaxt Toshkentda yana bir sayilgoh tashkil etiladi. Toshkent shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, yangi sayilgohni barpo etish ishlari Yunusobod tumanining Yuqori qora qamish ko‘chasiga tutash Qora qamish kollektorining qirg‘oqbo‘yi minatqasida olib borilmoqda. 

Sayilgohning uzunligi 1,2 kmni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati esa 10,5 milliard so‘m etib belgilangan. 

Sayilgoh Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimiyati

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing