Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining yirik taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Biznes
−
19 iyun 2023
1668216 iyun kuni Chery brendining yangi Arrizo 6 Pro avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari raqamli texnologiyalar, intellekt, status va qulaylik jamlangan progressiv hashamat olamiga yo‘l oldi.
Yetakchi ertangi kun brendining tasavvurini o‘zida mujassam etgan yangi sedan edi. Mehmonlar avtomobilning afzalliklarini ochib beruvchi unikal shou formatida kelajak tarafdorlari va raqamli faoliyatning bir qismiga aylandi.
6 iyun kuni avtomobil jurnalistlar va blogerlarga premera oldidan maxsus test-drayvda taqdim etilgandi. Endi avtomobil keng jamoatchilikka shahar uslubidagi yopiq ijtimoiy tadbir formatida namoyish etildi.
Taqdimot uchun karting markazi bazasida joy tayyorlandi. Tadbir mazmuni yangi Chery Arrizo 6 Pro’da “Kelajak texnologiyalari” konsepsiyasini o‘zida aks ettiradi. Atrof-muhit bir nechta ekran, yorug‘lik uzatkichlar va kontur yoritkichlari evaziga sinxron ravishda o‘zgartirildi.
Taqdimot brend vakillarining tabrik va nutqi bilan boshlandi. Chery International vakili Gun Sz’min va Chery Uzbekistan brendi direktori Vyacheslav Vasilev yangi Arrizo 6 Pro, shuningdek, O‘zbekistonda barcha yangi modellarni yig‘ish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.
Chery Tiggo 8 Pro Max xaridorlaridan biri ham sahnada nutq so‘zladi. U yangi mashinasidan juda mamnun ekanini aytib, uning qulayligi va zamonaviyligini alohida qayd etdi. Xaridor Chery’ga barchani bir nuqtaga birlashtirib, o‘zini Chery oilasi kabi his qilishga yordam bergan “With Chery, With Love” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shouning kulminatsion nuqtasi oqshom qahramoni – yangi Arizo 6 Pro’ning ajoyib ko‘rinishi bo‘ldi. Blogerlar rus va o‘zbek tillarida avtomobil taqdimotini o‘tkazib, uning xususiyatlari va eng so‘nggi texnologiyalari haqida ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga boy premeradan tashqari mehmonlar va avtomobilning birinchi xaridorlari noyob sovrinlar o‘yinida ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, tadbir ishtirokchilari uchun asosiy sahnada ko‘ngilochar shoudan tashqari bir nechta interaktiv hududlar tashkil etilgan. Kechaning hedlayneri esa rep ijrochisi Shohruh bo‘ldi. Ishonch bilan aytish mumkinki, tadbir yilning asosiy voqeasiga aylandi.
Arrizo 6 Pro – O‘zbekistonda yig‘ilgan birinchi Chery brendi sedani. Texnologiya, dizayn, funksionallik va ulanishning uzluksiz uyg‘unligi bilan avtomobil haydovchini ham, yo‘lovchini ham quvontiradi. Yangi Chery Arrizo 6 Pro sotuvi 1 iyun kuni boshlangan.
Avtomobillar barcha rasmiy Chery dilerlik markazlarida, shuningdek, Samarqand Darvoza va Compass mall savdo markazlarida taqdim etilmoqda.
Chiroyli hamda qulay sedanning narxi quyidagilardan iborat:
- Arrizo 6 Pro Comfort – 254 900 000 so‘m;
- Arrizo 6 Pro Intelligence – 289 900 000 so‘m.
Arrizo 6 Pro uchun bepul test-drayv xizmati O‘zbekistondagi barcha Chery dilerlik tarmoqlarida mavjud.
Bepul test-drayvga yozilish uchun ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 276 55 55 yoki Telegram boti orqali:
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.cheryauto.uz
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
YouTube'da bizni kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi