Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Toshkentda yana bog‘cha tarbiyachisi bolani urdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tarbiyachilar tomonidan bolalarga zo‘ravonlik qilingani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda aks etgan holat o‘tgan yilning 18 dekabr kuni Yunusobod tumanining Moyqo‘rg‘on mahallasidagi “Little genius kindergarten” xususiy bog‘chasida ro‘y bergan. O‘sha kungi videoyozuvlar kuzatilganida, taxminan soat 17:30 da tarbiyalanuvchi E.K. o‘z guruhidagi M.F.ni qo‘li bilan urgani sababli tarbiyachi T.K. tarbiyalanuvchi E.K.ning qo‘liga urgan.

Boshqarmaning yozishicha, “Little genius kindergarten” oilaviy korxonasining 20 dekabrdagi 30-sonli buyrug‘i bilan tarbiyachi T.K. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va u ishdan bo‘shatilgan.

Bog‘chami yoki jazolash lageri: ayovsiz kaltaklanayotgan bolalar north_east

Bog‘chami yoki jazolash lageri: ayovsiz kaltaklanayotgan bolalar

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Tanzilandiya” nomli xususiy bog‘cha tarbiyachilari bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lib, tarbiyalanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgandi. Holat ortidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga senator so‘rovi yuborilgandi. AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ jurnalistining savoliga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov vazirlik mazkur bog‘cha ustidan tegishli qaror chiqarish uchun sudga murojaat qilganini aytgandi.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi “First Daycare” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi bolalardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod tumani bola bog'cha tarbiyachisi Little genius kindergarten

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing