Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Vazirlik “Tanzilandiya” bog‘chasini sudga berdi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Tanzilandiya” nomli xususiy bog‘cha tarbiyachilari bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi, ota-onalar qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha murojaat qilgani haqida ham xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur bog‘cha ustidan tegishli qaror chiqarish uchun sudga murojaat qildi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ jurnalistining savoliga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

“Tanzilandiya” bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan tashqari, bizga – vazirlikka ota-onalardan ham murojaatlar kelib tushgan. Murojaat kelib tushgan kunning ertasiga vazirlik ishchi guruhi joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgangan va tegishli dalolatnoma tuzib, hozirgi kunda vazirlik tomonidan qaror qabul qilish uchun sudga murojaat qilingan”, dedi Sardor Rajabov.

Uning aytishicha, o‘tgan yili vazirlik tomonidan xususiy maktab, bog‘cha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar o‘tkazilgan va bir qancha bog‘cha va maktablarning litsenziyasi, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining esa tasdiqnomasi bekor bo‘lgan. Lekin vazirlikning o‘zi ularni bekor qila olmaydi. Vazirlik o‘rganish olib boradi va sudga beradi. Agar vazirlik ko‘rsatgan vajlar o‘z isbotini topsa, ularning litsenziyasi va tasdiqnomasi sud orqali bekor qilinadi.

Bog‘chami yoki jazolash lageri: ayovsiz kaltaklanayotgan bolalar north_east

Bog‘chami yoki jazolash lageri: ayovsiz kaltaklanayotgan bolalar

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanzilandiya” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari tomonidan ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilariga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani, Yunusobod tumanidagi “First Daycare” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va tarbiyachi yordamchisining bolalardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qo‘ygani ortidan Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga senator so‘rovi yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Tanzilandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing