Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bog‘chami yoki jazolash lageri: ayovsiz kaltaklanayotgan bolalar

Tahlil

image

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama uchun mavzu har doim topiladi – kuldiradigani ham, yig‘latadigani ham. Biroq bu safargisi odamlarni havotirga solib qo‘ydi, ayniqsa, farzandi bog‘chaga boradigan ota-onalarni. Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Tanzilandiya” nomli xususiy bog‘cha tarbiyachilari bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Cizdirilgan xabarlarda ota-onalardan biri farzandining o‘yinchog‘iga ovozni yozib oluvchi moslamasini o‘rnatib, bolani bog‘chaga yuborgani aytilgan. Sakkiz soatlik audio yozuvda bog‘cha tarbiyachilari noxush so‘zlar bilan gaplashib, bolalarni bir necha bor kaltaklagani eshitilgani aytilgan. Shuningdek, tarbiyachilar bolalarni sport zali, kiyinish xonalari va faollar zalida kaltaklagani, ammo ota-onalar uchun video kuzatuv mavjud bo‘lgan xonalarda tinch va xushmuomala munosabatda. bo‘lgani aytilgan. Bu shundoq ham so‘nggi paytlarda farzandini xususiy bog‘chaga berishga ikkilanib qolgan ota-onalar ko‘nglidagi “xavotir o‘tiga yog‘ sepgandek” bo‘ldi. Maqolada bugungi davlat va nodavlat bog‘chalaridagi e’tibordan chetda qolayotgan, ammo shu bilan birga, muhim holatlar haqida so‘z boradi.

“Urib tinchlantirish” mumkinmi?

Bog‘cha tarbiyalanuvchilarining “beshafqat qo‘llar”ga tushib qolganiga ko‘p bora guvoh bo‘lamiz. Ular shunday qo‘llarki, kichkina jussani ayamasdan kaltaklaydi, bola “dod” desa ham sudrab ketadi, stulga “skotch”lab qo‘yadi. Ular shunday qo‘llarki, tinchlantirish uchun uradi! Dahshatlisi, bu “qo‘llar” bog‘chalardagi “mehribon” tarbiyachilar va ularning yordamchilariga tegishli.

Masalan, Sergelidagi “Solnishko” nomli bog‘chaning tarbiyachi yordamchisi Yu.M. “tinchlantirish maqsadida” tarbiyalanuvchi S.A.ning yuzlariga urib, qo‘lidan tortganicha yotoqxonaga sudrab olib kirgani oqibatida bolaning chap oyog‘i singan. Tasavvur qilyapsizmi, ota-ona farzandini ishonib topshirgan maskan aslida, bola uchun eng xavflisi bo‘lib chiqdi. Afsuski, bu yagona holat emas, Nukus shahrida joylashgan bog‘cha tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S.lar bolalarni shippak bilan urgan. Yunusoboddagi “First Daycare” bog‘chasi tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. Bolani ovqat yemagani uchun stulga “skotch”lagan. Bu bog‘chalarni birlashtiruvchi umumiy jihat nimaligini bilasizmi? Bu – ularning xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti ekani. Shular bilan ro‘yxat tugab qolmadi, sanayman desangiz, oxiriga yetish qiyin.

Ta’kidlash joizki, bolalarga qo‘l ko‘tarish, zo‘ravonlik qilish mumkin emas va ularning huquqlari  O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi qonuni hamda BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya“sida mustahkamlab qo‘yilgan.

Imkoniyatdan noto‘g‘ri foydalanayotganlar

Mamlakat miqyosida tadbirkorlar uchun qulay biznes sharoitini yaratish maqsadida ularning faoliyatiga o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Taassufki, tadbirkorlar bundan noto‘g‘ri foydalanayotgan holatlar uchramoqda. Bir tasavvur qilib ko‘ring, davlat tashkilotlari tekshira olmasa, ota-onalar kiritilmasa, kamiga bolaning qo‘l-oyog‘i sinsa?! Bu xuddi bolalar bog‘chasi emas, “jazolash lagerlari”ga o‘xshab qolmayaptimi? Ustiga-ustak, ha deganda, o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ham “ishlamayotgan bo‘lsa!”. SES nazoratida bo‘lmagan bog‘chalarda bolalarning sog‘lig‘i ham savol ostida qoladi. Gigiyena va tozalik esa kimlarningdir vijdoniga havola qilib qo‘yiladigan mavzu emas.
Qolaversa, yuqorida sanalganlarning deyarli bari xususiy bog‘chalarning ham eng nomdorlaridan. O‘ylab qolasan kishi, agar TOPlari shunday bo‘lsa, qolganlari-chi?!

Xususiy bog‘chalar haqida so‘z borar ekan, aytish joizki, davlat bog‘chalari ham maqtagulik holatda emas. Balki, ular talabga javob beradigan darajada bo‘lganida, ota-onalar tayin-betayin xususiy bog‘chalarga farzandini topshirishga majbur bo‘lmasdi, aslida. O‘rin yetishmasligi, yillab navbat kutishlar, eski bino va metodikalar davlat bog‘chalaridagi eng asosiy muammolardan.


Maqola muallifi

Teglar

Bog'cha Tanzilandiya kaltaklangan bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing