Toshkentda yana bir rekord o‘rnatiladi

Jamiyat

image

Poytaxtda 7 tonnalik xayriya sumalagi tayyorlanmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Rekord hajmdagi taom 30 mart kuni poytaxtdagi “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga, aholi hamda poytaxt mehmonlariga tarqatiladi.

80 nafar oshpaz jalb etilgan “Mega sumalak” loyihasi uchun 1,25 tonna bug‘doy, 4 tonna un ishlatildi.

Tadbirning asosiy maqsadi o‘zbekona qadriyatlarni targ‘ib qilish, sayyohlarga sumalakning tayyorlanish jarayonini namoyish etish va keng jamoatchilikni ushbu xayrli ishga jalb qilishdir.

“Mega sumalak” loyihasi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, Turizmni rivojlantirish departamenti va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

sumalak rekord

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing