Toshkentda yana bir xususiy universitet tashkil etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent materialshunoslik universiteti tashkil etiladi. Tegishli qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qaror bilan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti ko‘rinishidagi Toshkent materialshunoslik universitetini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, shuningdek, boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ta’lim muassasasining asosiy vazifa va yo‘nalishi etib belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Shu bilan birga, oliygohda ta’lim raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-o‘qitish, "blendedlearning" va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, universitet Toshkent shahri Olmazor tumani Mirzo G‘olib ko‘chasi 7a–uy manzilida ochiladi.


Maqola muallifi

Teglar

universitet

Baholaganlar

235

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing