Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatda belgilanishicha:

•  Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;

•  Universitet ta’lim jarayoni London, Reding universitetlari hamda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;

•  Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

•  bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi;

•  Universitetda dastlabki bosqichda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat”, hamda “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabuli amalga oshiriladi;

•  Universitetga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi;

•  Universitetda ta’lim faoliyati 2020 /2021 o‘quv yilidan boshlanadi;

•  Universitet bitiruvchilariga Buyuk Britaniyada tan olinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya universitet

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing