Toshkentda yana bir guruh bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
10 may 2020
9838Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 8 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi shu yil tug‘ilgan chaqaloq.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 78 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 561 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 575 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1870 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2411 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi