Toshkentda yana bir bemor vafot etdi
Jamiyat
−
31 iyul 2020
6944Yana bir toshkentlik koronavirusga chalingan erkak vafot etdi. Bu rasmiy e’lon qilingan 141-qurbon bo‘ldi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli T. S. (erkak)da 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIB Markaziy gospitalida o‘tkir appenditsit aniqlangan va operativ davo o‘tkazilgan. 10 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va og‘ir holatda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmoqchiligi va infeksion toksik miokardit asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kalalligi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar kuzatilgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli stabil og‘ir bo‘lib turgan bemor, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi