Toshkentda yana 28 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar yana 51 nafarga ortdi. Soat 17:00 holatiga ko‘ra,  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5154  nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 28 nafari poytaxtda ( shundan 12 nafari aholi orasidan va 16 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotdagilar), 7 nafari Buxoro viloyatida (barchasi muloqot orqali yuqtirgan), 10 nafari Xorozm viloyatida (shundan 1 nafari axoli orasidan, qolgan 9 nafari esa infeksiyaga chalinganlar bilan muloqotdagi fuqarolar orasida ) qayd etilgan. Kasalligi aniqlangan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 3996 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar (77 foiz) sog‘aygan. 

Bugun shu soatgacha 53 nafar bemor ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hozirda mamlakatda 1139 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemorni o‘z nazoratiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing