Toshkentda YHXB avtomobili YTHga uchradi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar tarqaldi. Unga video ham ilova qilindi. IIV YHXBB mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Bugun, 14 fevral kuni soat 01:00 larda navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, hodisa Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zargarlik-Qatortol-2 ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shaxar IIBB YHXB YPX xodimi S.A. boshqaruvidagi YHXBga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli hamda haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O.E. boshqaruvidagi yana bir Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv natijasida hech kim jarohat olmagan.

Ayni vaqtda mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

495

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing