Toshkentda vaqtincha suvsiz qoladigan hududlar ro‘yxati kengaydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentning to‘rtta –Sergeli, Yangihayot, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida vaqtincha suv ta’minoti to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ vaqtincha suv ta’minotidan uziladigan hududlar ro‘yxatini yangiladi.

Endilikda Toshkent viloyati Qibray tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida D-1400 mm L-475 m, Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida D-1000 mm L-370 m va Qipchoq ko‘chasida D-600 mm L-200 m ichimlik suv quvurlarini ko‘chirish jarayonida 23 iyul soat 09:00 dan  24 iyul soat 21:00 gacha quyidagi hududlarda suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Yashnobod tumani bo‘yicha: “Katta Olmos”, “Iqbol”, “O‘rtamasjid”, “Mumtoz”, “Katta Qo‘yliq”, “Qo‘yliq Obod”, “Uysozlar”, “Tarnovboshi”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Behizor” mahallalari, 28 va 29- sonli oilaviy shifoxonalarida.

Bektemir tumani bo‘yicha: “Abay”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Husayn Bayqaro”, “Majnuntol”, “Mirishkor”, “Rohat”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Nurafshon” mahallalari, Porloq ko‘chasi, Suvsoz dahasi -1, 2- mavzelarida. Vodnik qozonxonasi. 

Mirobod tumani bo‘yicha: “Qo‘yliq ota”, “Barotxo‘ja”, “Parvona”, “Bayot”, “Chinor”, “Yangi Qo‘yliq”, “Yuksalish”, “Fayziobod”, “Oq uy”, “Ziyonur”, “Tolariq” mahallalarida, Qo‘yliq mavzesi 1, 2, 3, 4 - dahalarida, Fayziobod, Bilimdon ko‘chalari, “Hayot” va “Daniyel Xil” mehmonxonalarida. 6-qozonxonasi.

Sergeli tumani bo‘yicha: “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Xonobod”, “Quruvchilar”, “Ziyokor”, “Madaniyat”, “Shukur Burxonov” mahalla fuqarolar yig‘inlarida. 6-qozonxonasi. 

Yangihayot tumani bo‘yicha: “Olchazor”, “Charag‘on”, “Do‘stlik”, “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, tuman prokuraturasida.

Quyidagi hududlarda suv bosimi kamayadi:

Sergeli tumani bo‘yicha: “Qumariq”, “Qipchoq”, “Nurhayot”, “So‘g‘diyona”, “Daryo bo‘yi”, “No‘g‘ay Qo‘rg‘on”, “Viqor”, “Bunyodobod”, “Ziynat”, “Yo‘ldosh”, “Navqiron”, “Ittifoq”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Habibiy”, “Tashabbus”, “Yangi Umid”, “Oriyat”, “Marxamat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida.

“Musaffo obi xayot” MCHJ xududi bo‘yicha:

Qibray tumani bo‘yicha: “Chingeldi”, “Do‘stlik”, “Jarboshi”, “Toshisti”, “Ibrat”, “Arg‘in”, “Mirishkor”.

Zangiota tumani bo‘yicha: “Beruniy”, “Qorasuv”, “Xonobod”, “Qushbegi”, “Istiqlol”, “Nomdanak”, “Taraqiyot”, “Xonobodtepa”.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing