Toshkentda va karantin markazida 153 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 153 nafarga oshib, 18 324 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 112 nafar hamda Namangan viloyatida 33 nafar, jami 145 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 9 554 (+145) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing