O‘zbekistonliklarni MDH davlatlarida majburan ishlatgan shaxslar ushlandi – BP

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 14 nafar fuqaroni chet davlatlarga ishga yuborib, ularni turli qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslar faoliyati fosh etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan fuqaro Q.M. va boshqalarning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.

Unda fuqaro M.A. va S.S. oldindan til biriktirib, Q.M. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Yevropa davlatlariga oyiga 2000-3000 AQSH dollari to‘lanadigan ishga yuborish hamda ishchi vizalarini olib berish evaziga jami 5 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, S.S. va boshqalar jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning noyabr oyida 14 nafar fuqaroni Ukrainaning Kiyev shahrida oyiga 500 AQSH dollari oylik to‘lanadigan qurilish ishlarida ishlab, keyin Yevropa davlatlariga ishga o‘tkazib berishga ko‘ndirgan. Shu yo‘l bilan ularning ishonchini suiiste’mol qilib, Kiyevga yetib borishi uchun 2019 yilning 29 noyabrida aviachipta olishga erishib, Kiyevdagi qurilish firmasida ularning pasportini olib qo‘yib, 75 kun davomida moddiy jihatdan o‘ziga qaram qilgan holda og‘ir mehnat sharoitlarida ishlatgan. Bu ham yetmagandek, 17 500 AQSH dollari miqdoridagi ish haqlarini bermasdan aldab kelgan.

Shundan so‘ng, ushbu fuqarolarni Belarus davlatining Gomel shahriga va Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga olib borishib, go‘yoki shu yerdan Yevropaga ishchi vizasini olib berishi haqida takror aldab, ularning mazkur davlatlarda ishsiz yurib, turli qiyinchiliklarga duchor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar M.A., S.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura majburiy mehnat

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing