Toshkentda uyida davolanishga uringan bemor vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 39-o‘lim holati qayd etildi. Bu safarga qurbon 79 yoshda bo‘lgan. 

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan. 

2 iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan. 

Unga COVID-19, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing