Toshkentda uy oldida turgan mashina yonib ketdi
3-sahifa
−
06 fevral 2025 4836 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni uy oldida turgan mashina yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:52 da Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 11-uy oldida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 17:55 da yetib borib, yong‘in soat 18:01 da o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “Gazel” mashinasi yonib ketgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025