Toshkentda o‘quvchi maktabga qurol va o‘qlar olib keldi
Jamiyat
−
21 fevral 2019
14188Toshkent shahrida 16 yoshli, 10-sinf o‘quvchisi maktabga o‘zi bilan ovozni pasaytirgichli (glushitel) pnevmatik to‘pponcha, gaz balloni, himoya niqobi, metall o‘qlar olib kelgan.
Voqea kecha, 20 fevral kuni poytaxtdagi 5-o‘rta maktabda sodir bo‘lgan.
2003 yilda tug‘ilgan 10-sinf o‘quvchisi M.M. dars xonaga o‘zi bilan pnevmatik qurol olib kelgan. Mazkur holat profilaktika noziri tomonidan o‘quvchilar sumkasi tekshirilganda aniqlangan.
Qayd etilishicha, o‘smirning sumkasida MINI UZI IWI markali pnevmatik to‘pponcha, glushitel, 4 ta pnevmatik gaz balloni, o‘qdon, shuningdek, 1,5 mingta metall o‘qlar va himoya niqobi bo‘lgan.
Ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi