Toshkentda o‘tayotgan futbol musobaqasida qimorga asoslangan o‘yin reklama qilinmoqda
Sport
−
11 iyun 2023
21164Joriy yilning 10-20 iyun kunlari Toshkent va Bishkek shaharlarida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan “CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasi o‘tkaziladi. Turnirda Markaziy Osiyo terma jamoalari bilan bir qatorda Eron va Ummon jamoalari ishtirok etadi.
E’tiborlisi, musobaqa rasmiy saytida bukmekerlik kompaniyasi turnirning bosh homiysi sifatida ko‘rsatilgan. Media tadbirlarda ham bukmekerlik kontorrasi reklamalarini ko‘rish mumkin.
Qayd etish joiz, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetdan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.
2022 yil iyun oyi oxirida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonda “Qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Qonun faqat chet el fuqarolari o‘ynashi mumkin bo‘lgan kazinolar faoliyatini tartibga soladi. Mamlakatda ma’lum talablarga ko‘ra, qimorga asoslangan onlayn o‘yinlarni reklama qilish mumkin. Shuningdek, Davlat moliya nazorati boshqarmasi tomonidan qimor o‘yinlari uchun alohida soliq rejimi joriy etilgan.
Ma’lumot uchun, bukmeker bu ehtimollik nazariyasiga asoslangan, shuningdek, yutuqlarni taxmin qilish orqali oldindan kelishilgan koeffitsiyentlar bilan (ko‘pincha sport turlari) bo‘lajak turli tadbirlarga naqd pul garovlarini qabul qiladigan professional munozarachining kasbi hisobalanadi. Ko‘pgina bukmekerlarni o‘zida jamlab faoliyat yuritayogan tashkilotlar esa “bukmekerlik kontoralari” deyiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tgandi. O‘sha bahsda ham stadion chetidagi tablolarda Rossiya bukmekerlik kompaniyasi targ‘ib qilingandi.
LiveBarchasi