Qirg‘izistonda yerosti kazinosi faoliyatiga chek qo‘yildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Sun Club” deb nomlangan yerosti kazinosi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda mamlakatning Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlikning Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga poytaxtda qimor o‘yinlarini tashkil etgan klub haqida ma’lumot kelib tushgan. Aniqlanishicha, noma’lum shaxslar maxsus jihozlardan foydalangan holda u yerda qimor o‘yinlarini tashkil qilgan. Departamentning tushuntirishicha, bilyard klubiga o‘xshagan yerosti qimor o‘yingohida jarayon ehtiyotkorlik bilan kuzatilgan.

Tezkor tadbir davomida binoda qimor o‘ynash joylari topilgan. Tashrif buyuruvchilar klubning alohida xonalarida poker o‘ynagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qimor o‘yinlari tashkilotchisi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro E.A. qimor shoxobchasi faoliyati uchun sharoit yaratib, fuqarolarni o‘yinlarda ishtirok etishga taklif qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 2191- moddasi (Qimor o‘yinlarini noqonuniy tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Hozirda tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatishda gumonlanib qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston kazino Qimor Bishkek shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing