Toshkentda o‘smir qiz o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

Jamiyat

−

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uy tomiga chiqib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘smir qizning hayoti mahalla noziri va patrul-post safdori tomonidan saqlab qolindi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining matbuot kotibi Ma’mur Farmonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa “Shalola” mahallasidagi Qodirova ko‘chasi, 2-uyda sodir bo‘lgan. Fuqaro Y. E. ko‘p qavatli uyning tomiga chiqib olgan.

Videoda qizning ko‘p qavatli uy yuqorisida turgani, keyin esa huquq-tartibot xodimlari uning oldiga chiqib, o‘z joniga qasd qilish niyatidan qaytargani ko‘rinadi.

Ma’mur Farmonovning bildirishicha, holat bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rilgan. Mahalla noziri, leytenant R. O. Dusmatov hamda patrul-post safdori J. T. Jumanov fuqaro bilan muloqot o‘rnatgan.

Ularning tezkor harakatlari natijasida qiz xavfsiz tarzda pastga tushirilib, uning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida kanalga tushib ketgan edi. Yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinada cho‘kayotgan ayolni ko‘rib, uni qutqarib qolgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing