Toshkentda o‘pkani MSKT qildirish narxi keskin ko‘tarildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bunga izoh berdi

Jamiyat

image

Epidemiologik vaziyat aholi o‘rtasida o‘pkaning Multispiral kompyuter tomografiyasiga (MSKT) bo‘lgan ehtiyojni ortishiga olib keldi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldi.

Toshkentdagi xususiy klinikalardagi MSKT xizmatiga bo‘lgan narxlarning ko‘tarilishi natijasi o‘laroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida xususiy klinikalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib o‘rganish o‘tkazilgan.

Dastlabki tezkor o‘rganishlar natijasida, quyidagi ma’lumotlar aniqlangan. Unga ko‘ra, MSKT xizmatini poytaxt bo‘ylab 18 ta tibbiyot muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan. Ushbu xizmatning umumiy qiymati 185 mlrd so‘mni tashkil etgan. Yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhi bozorida ustun mavqei mavjudligi aniqlanmagan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra xizmat narxi 195 mingdan 400 ming oralig‘ida belgilangan (ko‘rsatkich jadvali keltirilgan).

Shuningdek, o‘rganishlar orqali ushbu xizmatning narxlari Respublikadagi epidemiologik vaziyatga 90 mingdan 150 ming so‘m oralig‘ida bo‘lganligi aniqlangan.

“Tibbiy muassasalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, taqdim etilayotgan xizmat narxlarining o‘sishiga MSKT xizmatlariga bo‘lgan talabning keskin ortishi, kasallanganlar soni ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, shu sababli ko‘plab tibbiyot muassasalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tganlar, bu esa uskunalarga ortiqcha yuklama tushishiga, ularni tez buzilishiga, qayta tiklash uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni doimiy ravishda sotib olishga to‘g‘ri kelayotgani ko‘rsatilingan.

Tibbiyot muassasalarning 24 soatlik rejimga o‘tganligi ortidan esa, muassasa xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lashga olib kelgan. Bu ham o‘z navbatida xizmat narxlarining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatgan”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Ayrim tibbiyot muassasalarining hisob-kitoblarini o‘rganish natijalari MSKT narxlarining oshishi xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari va individual yondashuvidan kelib chiqqan holda shakllanishining to‘g‘riligini ko‘rsatgan.

Respublikadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Qo‘mita xususiy tibbiyot muassasalarini MSKT xizmati uchun narxlarni asossiz oshirmasligiga ko‘rsatma berdi.

Ta’kidlanishicha, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda yoki shartnoma asosida mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing