Toshkentda o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgan musiqa o‘qituvchisi qamaldi 

3-sahifa

image

Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda poytaxt sudi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida A.S. (1957 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, nafaqaxo‘r, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq A.S. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

"Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida musiqa o‘qituvchisi 12 yashar qizga ikki yil davomida tegajog‘lik qilib kelgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing