Toshkentda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi boshqa huquqbuzarliklari uchun qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi birinchi ish kunidan 6-sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Ushbu o‘qituvchi boshqa bir qancha huquqbuzarliklarni sodir etgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchi joriy yilning 24 sentyabr kuni qizi tahsil oladigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib, maktab direktorining MMIB o‘rinbosariga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Ayoldan jamoat joyida tartibiga rioya qilishi so‘ralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu harakatlarini u ko‘plab maktab o‘quvchilari ko‘z o‘ngida sodir etgan.

Kecha, 25 sentyabr kuni holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan va ayol Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197-5- moddasi (Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) bilan aybdor deb topilib, unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) va BHMning 7 baravari (2 mln 380 ming) so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabida mazkur o‘qituvchi ishtirokida sodir bo‘lgan holat yuzasidan O‘zbekistondan izoh berishini so‘ragandi. Bunga javoban Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov munosabat bildirar ekan, “Bizni ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri bo‘lar edi”, degandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made