Toshkentda o‘quvchi qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qizlarning o‘zaro janjali aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazib, uning natijasi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 28 sentyabr kuni soat taxminan 17:30 larda Chilonzor tumanidagi “Bunyodkor” stadioni oldidagi avtoturargohda yuz bergan. Voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan Shaxrizoda Ya. tanishlari bilan avtoturargohda uchrashib, voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan Ruxshona B. uni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqorat qilgani uchun munosabatlarni hal qilib olmoqchi bo‘lgan. Og‘zaki tortishuv o‘zaro janjalga aylanib ketgan va Shaxrizoda Ya. tanishi Ruxshona B.ni urgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Avvalroq, Toshkentda ikki maktabning yuqori sinflari o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

964

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing