Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchisini nega kaltaklagani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
06 Oktabr 2020
19155Bugun, 6 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida joylashgan 31-maktab o‘qituvchisi o‘quvchisini urgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi mazkur tarqalgan video va xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Mirobod tumani 31-maktabda yuz bergan mazkur hodisa joriy yilning mart oyida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha maktabda ingliz tili o‘qituvchisi Sanjarova Gulzananing qizi va videoda kaltak yegani aks etgan qiz Yugay Milana o‘rtasida jiddiy nizo yuzaga kelgan. O‘qituvchi Milanaga o‘qituvchisi sifatida emas, kaltaklangan farzandini himoya qilayotgan ona sifatida qo‘l ko‘targan.
Direktor Nuriya Semmarining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan 23 iyun kuni sud bo‘lib o‘tgan va o‘qituvchiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.
“Sanjarova Gulzana maktabimizda bir yarim yildan buyon faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislardan. Sud unga nisbatan o‘zining adolatli qarorini chiqarib bo‘lgan. Gulzana va uning oilasi o‘quvchining oilasidan uzr so‘rab, mazkur holatdan afsusdaligini bir necha bor izhor qilgan. Sud o‘z qarorini chiqargan ekan men rahbar sifatida o‘qituvchiga o‘zimcha hukm chiqarishim noto‘g‘ri. Agar zarur bo‘lganida yuqori Sud hokimiyati uni pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgan bo‘lardi deb hisoblayman. Bir inson o‘z qilmishiga yarasha jazosini oldi. Bugun qizning xolasi o‘qituvchini ishdan bo‘shatib yubormaganim sababli ushbu videoni tarqatib yuborishga qaror qilgan. Men maktab rahbari sifatida bugun yaxshi ingliz tili o‘qituvchisini topish oson emasligini inobatga olgan holda o‘qituvchining faoliyatini davom ettirishida hech qanday yomon tomoni yo‘q deb hisoblayman”, degan Nuriya Semmari.
LiveBarchasi