Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkentning Yashnobod tumanida Equinox, “KamAZ” hamda Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 5 fevral kuni taxminan soat 12:10 larda Yashnobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida Equinox avtomobilini boshqarib borgan 39 yoshli D.A. qayta burilish harakati davomida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan 70 yoshli P.K. boshqaruvidagi “KamAZ” yuk avtomobilini o‘tkazib yubormagan.

Yuzaga kelgan to‘qnashuv oqibatida Equinox avtomobili boshqaruvsiz harakatni davom ettirib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 50 yoshli A.N. boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan. Bir vaqtning o‘zida “KamAZ” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga urilgan.

YTH oqibatida uchala avtomobil haydovchilari hamda yuqoridagi binoda bo‘lgan 73 yoshli M.M. shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur fakt bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing