Uch xotiniga aliment to‘lamagani uchun qamalgan erkakning qarzini to‘rtinchi xotini uzdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahar Yashnobod tumanida uch nafar xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamay yurgan erkak qo‘lga olingan va sud qaroriga asosan 15 sutkaga qamalgandi. Endilikda esa mazkur otaning aliment bo‘yicha barcha qarzdorligi to‘lanib, ozodlikka chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroning 2023 yil dekabr oyi holatiga 24 mln 600 ming so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi bo‘lgan. U bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga muvofiq ijro hujjati jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga yuborilgandi.

Joriy yilning 4 yanvar kunidagi qarorga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, erkakning yaqin qarindoshi, aniqrog‘i uning hozirgi turmush o‘rtog‘i qarzdorlikni to‘liq to‘lagan. Shundan so‘ng, sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli, erkak jazoni to‘liq o‘tamasidan ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing