Toshkentda uch firibgar vafot etgan ayolning uyini sotib yuborgan

Jamiyat

image

Toshkentda uch nafar firibgar allaqachon vafot etgan ayolning uyini hujjatlarini qalbakilashtirgan holda sotib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

2019 yil 29 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 2018 yil 8 oktyabr kuni Sergeli tumani Sputnik 8-dahada yashovchi 50 yoshli S.A., Chilonzor tumanida yashovchi 44 yoshli N.Ya. va 47 yoshli N.M.lar marhuma 72 yoshli Ye.L. исмли ayolni 2015 yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirgan.

Шундан so‘ng, ushbu xonadonni Chilonzor tumanida yashovchi 34 yoshli N.U. imsli ayolga 22 500 AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotib юборган. Surishtiruv natijasiga ko‘ra, уlar pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A., N.Ya. va N.M.lar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made