Cyergelidagi uylardan olib berishni va’da qilib, pul olgan firibgarlar ushlandi
Jamiyat
−
27 aprel 2019
5626Joriy yilning 25 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida qurilayotgan uylardan olib berishni va’da berib, fuqaroni aldab ketgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasi ma’lum qildi.
Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil oktyabr oyida Sputnik dahasida yashovchi, “Bama Biznes” korxonasi rahbari X.E. va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi J.X.lar, Yashnobod tumanida yashovchi L.H. ismli ayolga “Bama Biznes” MCHJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishliklarini aytib, aldov yo‘li bilan ayoldan Sergeli dahasi hududida12000 AQSH dollarini olishgan va shu kunga qadar va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X.lar ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi