Ikki fuqaroni 364 ming dollarga “uxlatgan” shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat
−
03 may 2019
4876Joriy yilning 28 aprel kuni Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar B.P. va S.A.lar viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.
Murojaatda 2016 yil 4 noyabrdan 2017 yil dekabr oyiga qadar Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida yashovchi A.S. Beruniy ko‘chasida ularga Jomboy tumanida joylashgan “Yog‘-moy mahsulotlarini” ishlab chiqarish zavodini xarid qilib, keyinchalik hududda shunday zavod qurishni, daromadni birgalikda teng taqsimlashni aytib, jami 364 456 AQSH dollarini olgan va bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.S. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi