Singlisiga sevishini aytgan bolani “samosud” qilgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
30 iyul
11665Avvalroq, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida aka singlisiga sevgi izhor qilgan bolani o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgani hamda go‘yoki o‘quvchining ta’zirini berish maqsadida uning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborish orqali “samosud” qilgani haqida xabar berilgandi.
Kecha, 29 iyul kuni o‘quvchini “samosud” qilgan fuqaro 1 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida mazkur bolaga qilingan zo‘ravonlikka oid jinoyat ishi sud muhokamasida ko‘rib chiqilgan. Fuqaro A.Q. 2009 yilda tug‘ilgan B.S. ismli o‘g‘il bolaga tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topilgan. Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilingandi. Shuningdek, Namanganda do‘kondan kiyim o‘g‘irlagan ayol “samosud”ga uchragani xabar qilingandi.
LiveBarchasi