Toshkentda uch avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
09 aprel 2021 11938 1 daqiqa
Bugun, 9 aprel kuni soat 10:00 lar atrofida Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro‘parasida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
YTHda 1998 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi Lacetti rusumli, 1990 yilda tug‘ilgan R.F. boshqaruvidagi Damas rusumli, 1978 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
