Toshkentda to‘liq ta’mirlangan uyning ijarasi 1380 dollargacha ko‘tarildi
Jamiyat
−
07 fevral 7690 2 daqiqa
Toshkent shahrida joriy yil yanvar oyida to‘liq ta’mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari 0,1 va 0,3 foizga ko‘tarilib, 1381 AQSH dollargacha yetdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga arzonlashgan.
2024 yilning yanvar oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi dekabr oyiga nisbatan mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga pasaygan bo‘lsa, 3 xonali va 4 xonali xonadonlar uchun mos ravishda 0,1 foizga va 0,3 foizga ko‘tarilgan.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani: 1 xonali - 297 AQSH dollari, 2 xonali – 355 AQSH dollari, 3 xonali – 415 AQSH dollari, 4 xonali - 419 AQSH dollari;
- Olmazor tumani: 1 xonali – 293 AQSH dollari, 2 xonali – 352 AQSH dollari, 3 xonali – 419 AQSH dollari, 4 xonali – 493 AQSH dollari.
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani: 1 xonali – 344 AQSH dollari, 2 xonali – 512 AQSH dollari, 3 xonali – 643 AQSH dollari, 4 xonali – 705 AQSH dollari;
- Yakkasaroy tumani: 1 xonali – 383 AQSH dollari, 2 xonali – 487 AQSH dollari, 3 xonali – 677 AQSH dollari, 4 xonali – 722 AQSH dollari.
Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 1 va 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi 0,5 foizga, 2 xonalilar uchun 0,7 foizga pasaygan bo‘lsa, 4 xonali xonadonlar uchun 0,5 foizga oshgan.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali – 321 AQSH dollari, 2 xonali – 417 AQSH dollari, 3 xonali – 513 AQSH dollari, 4 xonali – 641 AQSH dollari;
- Uchtepa tumani (1 xonali – 386 AQSH dollari, 2 xonali – 450 AQSH dollari, 3 xonali – 534 AQSH dollari, 4 xonali – 624 AQSH dollari.
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani: 1 xonali – 485 AQSH dollari, 2 xonali – 731 AQSH dollari, 3 xonali – 1027 AQSH dollari, 4 xonali – 1328 AQSH dollari;
- Shayxontohur tumani: 1 xonali – 521 AQSH dollari, 2 xonali – 732 AQSH dollari, 3 xonali – 1093 AQSH dollari, 4 xonali – 1381 AQSH dollari.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlari pasaygan edi. Ushbu davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha narxlar deyarli o‘zgarmagan.
Live
Barchasi