Toshkentda tovlamachilik va bezorilikda ayblanib yana 10 kishi hibsga olindi
3-sahifa
−
04 dekabr 2023
14676Toshkentda kriminogen vaziyatga nisbatan kurash tadbirlari davom etmoqda. Tadbirlar doirasida yana 10 kishi hibsga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.
Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlangan.
Bular:
1. 1983 yilda tug‘ilgan Mirsolix Mirkamolovich Mirxojayev (165-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
2. 1995 yilda tug‘ilgan Laziz Yunus o‘g‘li Shomurodov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
3. 1980 yilda tug‘ilgan Sherzod Latifovich Samiyev (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
4. 1991 yilda tug‘ilgan Akramjon Davlatboy o‘g‘li Akramov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
5. 1996 yilda tug‘ilgan Azizjon Vali o‘g‘li Aliyev (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
6. 1995 yilda tug‘ilgan Ravshan Abdurahmon o‘g‘li Bobonazarov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
7. 1995 yilgan tug‘ilgan Behruz Xolmurod o‘g‘li Mo‘minov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
8. 1986 yilda tug‘ilgan Anvar Baxtiyorovich Yo‘ldoshev (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
9. 1988 yilda tug‘ilgan Dilshod Buribayevich Umirzoqov (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
10. 1994 yilda tug‘ilgan Sirojiddin Inomjon o‘g‘li Usmonov (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).