Toshkentda tibbiyot xodimlarini kaltaklagan bemorning yaqinlariga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentda shifoxonada vafot etgan bemorning yaqinlari tibbiyot xodimlarini kaltaklab, jarohat yetkazgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan ma’lumot bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot idoralaridan tegishli chora ko‘rishni so‘ragandi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining mazkur holat yuzasidan bergan ma’lumotiga ko‘ra, tibbiyo xodimlarini kaltaklagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 18 fevral kuni taxminan soat 23:50 larda Yakkasaroy tumanidagi, I.Irgashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasidagi izolyator xonasida 28 yoshli F.M. shaxsi aniqlashtirilayotgan ikki nafar tanishlari bilan, qo‘l va oyoqlari yordamida Tez tibbiy yordam bo‘limi 3-sonli podstansiya shifokori 31 yoshli D.U. va feldsher 20 yoshli A. A.ga tan jarohati yetkazgan. 

Sodir etilgan jinoyatning sababi o‘rganilganda, F.M. shifokorlarning o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N.ning o‘limi yuz bergan degan fikrda bo‘lganligi aniqlangan. Marhum D.N. yuqorida qayd etilgan shifoxonaga tez tibbiy yordam mashinasida klinik o‘lim holatida olib kelingan.

Voqea natijasida ikkala tibbiyot xodimlari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik tibbiyot xodimi

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing