Bemor ayolga shilqimlik qilgan tibbiyot xodimi 5 sutkaga qamaldi

3-sahifa

−

image

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 49 yoshli tibbiyot xodimi uni ukol qilish uchun uyiga chaqirgan ayolga shahvoniy shilqimlik qildi va qilmishi uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 24 sentyabr kuni soat taxminan 09:00 da sodir bo‘lgan. Tumandagi oilaviy shifokorlik punktlaridan birida patronaj xodimi bo‘lib ishlovchi erkak chaqiruv asosida ukol qilish uchun ayolning uyiga borgan.

Muolajadan so‘ng, ayol tashqariga chiqayotganida, erkak uning yuzidan ushlab, uyda hech kim yo‘qligini aytib, jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Ayol esa uni itarib yuborib, tashqariga chiqib ketgan.

Sudda erkak o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. U ayolning tishi og‘rigani sababli ukol qilish uchun borganini, muolajadan keyin unga G‘uzor yoki Dehqonobod tumani markaziga borib, shifokorga ko‘rinishni tavsiya qilgani va uyiga qaytganini bildirgan.

Sud qaroriga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan shahvoniy shilqimlik qilish huquqbuzarligini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib utamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida erkak yo‘l bo‘yida savdo qilayotgan ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.

Marjona Mamaniyozova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing