Toshkentda tibbiy yordam mashinasi va Mercedes-Benz to‘qnashdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.

YTH joriy yilning 25 aprel kuni taxminan soat 16:00 da Kichik xalqa avtomobil yo‘li va Foziltepa ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. Bolalar shifoxonasi huzuridagi diagnostik poliklinikaga biriktirilgan, 63 yoshli Abdukarim M. boshqaruvidagi Damas va 26 yoshli Bekzod U. boshqaruvidagi Mercedes-Benz E 350 rusumli avtomobillari to‘qnashgan.

YTH oqibatida Damas avtomobili haydovchisi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing