Toshkentda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
7956Toshkent shahrida jamoat transporti qatnovini takomillashtirish maqsadida yo‘nalishlar tarmog‘i maqbullashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Maqbullashtirish natijasida yo‘lovchilarning jamoat transportida bir kunda harakatlanish vaqtini 30 daqiqaga qisqartirishga erishiladi.
Yo‘lovchilarning bir transport turidan boshqasiga o‘tishi uchun 12 ta transport o‘tish bog‘lamalari tashkil etiladi.
Yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan magistral ko‘chalarda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.