Toshkentda “tez yordam” shifokorlari “qovun tushirdi”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqaroning xonadoniga chaqiruvga asosan kelgan tez tibbiy yordam guruhining bittadan ortiq bemorni ko‘rmasligini aytib, odamlar bilan bahslashayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda voqeani tasvirga olayotgan ayol “Demak, chaqiruv asosida kelib, faqat bitta bemorni ko‘rib, tekshirasiz bo‘ldi, shunaqami”» qabilidagi savoliga kombinezon, niqob va ko‘ziga maxsus himoya vositalarini taqib olgan tibbiyot xodimi “Bitta “zayavka” berilgan, bitta” deb javob qaytarmoqda.

“Nima farqi bor, bitta bo‘lsa, xonadonga kelganda ikkinchi bemorni ham ko‘rib qo‘ying”, degan iltimosiga yana qaytadan “Bizda qoida shunaqa, bitta “zayavka”ga faqat bir nafar bemor ko‘riladi”, deb gapirmoqda.

Xonadon sohibi tibbiyot xodimining javobidan qizishib: “Odamgarchilik bo‘lishi kerak-ku axir, tekshiradigan uskunalaring bor. Uyda bolalar bor, ulardan xavotirdamiz, tekshirib qo‘ysang bo‘ladi-ku. Agar o‘zim apparatingni ishlatishni bilganimda senga yalinmasdim. Tekshirib ketsang, nima bo‘ladi, o‘pkamni eshitib ko‘rsang, nima bo‘ladi?” deydi. Tez yordam xodimi esa befarqlik va sovuqqonlik bilan “Tekshirmaymiz, hech narsa bo‘lmaydi, shunchaki tekshirmaymiz”, deb javob qaytargan.

Koronavirus O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi abgor ahvolda ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bunga shubha yo‘q. Bu yerda tibbiyot xodimlarining charchayotgani, ish hajmi ortib ketganini aytish noo‘rin, ochig‘i. Ularning vazifasi shu, axir qasamyod qabul qilgan. Davlat esa tibbiyot xodimlariga sharoit yaratib berishi kerak. Ammo hozir bunday bo‘lmayapti. Tez tibbiy yordam xodimlarining xonadondagi bir bemorni ko‘rib, ikkinchisini tashlab ketishi professionallikka umuman to‘g‘ri kelmaydi. Ming afsuski, oxirgi vaqtlarda SSV bunday holatlarga munosabat ham bildirmay qo‘ydi. Vazirlik “qovun tushirishlar” ko‘payib ketganidan izoh ham topolmayapti, chog‘i...


Maqola muallifi

Teglar

tez yordam

Baholaganlar

3025

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing