Toshkentda tez yordam brigadalariga rag‘batlantirish puli to‘lanadi – hokimlik
Jamiyat
−
18 iyul 2020
7279Toshkent shahridagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va markazlarining 284 nafar xodimi uy sharoitida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev brifingda ma’lum qildi.
Brifingda hokimlik tomonidan pandemiya sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi:
Ta’kidlanishicha, fuqarolarni bezovta qilayotgan har bir holat yuzasidan tibbiyot muassasalariga “103” raqami uzoq band bo‘lmasligi uchun ish rejimini qayta ko‘rib chiqildi. Yaxshi ishlagan operatorlarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi (har bir qabul qilingan va sifatli qayta ishlangan qo‘ng‘iroq uchun 1500 so‘m, yana 500 so‘m - a’lo muomala uchun).
Tez yordam brigadasi 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi choralari ko‘riladi. Yaxshi ishlagan brigadalar uchun ham rag‘batlantirish tizimi qo‘lladi. (Anketa. Har-bir a’lo anketa uchun 100 ming so‘m). Qo‘shimcha, 25 ta Damas rusumli tez yordam mashinasi yetkazib berildi.
Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalaridagi 423 ta bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan zudlik bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Toshkent shahridagi 42 ta shifoxonaga 70 mingta tibbiy niqob, 70 mingta tibbiy kombinezon, 150 mingta tibbiy qo‘lqop, 3 mingta tibbiy ko‘zoynak, 5 mingta tibbiy bosh kiyim, 200 ming baxilla — ularning 1 haftalik ehtiyoji uchun yetkazib berildi.
LiveBarchasi