Toshkentda tanasiga dori yashirgan fuqaro ushlandi
3-sahifa
−
12 noyabr
4346Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik jarayonida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, fuqaro o‘z tanasining oyoq qismlariga oldindan yashirib olgan 199 dona “Anaferon” nomli dori vositalari borligi fosh etilgan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qiymati 380 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha O‘zbekistonga olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolingandi. Ko‘rik paytida fuqaroning oyog‘i va ichki kiyimlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan umumiy og‘irligi 450 gramm zargarlik buyumlari fosh etilgandi.