Toshkentda tadbirkor tomonidan daraxtlar ildizi bilan sug‘urib tashlandi
3-sahifa
−
21 aprel 2023
7726Toshkent shahrida tadbirkor tomonidan daraxtlar ildizi bilan qo‘porilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganish olib borilgan.
Unga ko‘ra, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida “P.S.” MCHJ tomonidan hududdagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishda agrotexnik qoidalarga rioya etilmagani aniqlangan.
“Hozirda Ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasida belgilangan tartibdagi jazo chorasini qo‘llash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Saksonota o‘rmon xo‘jaligida 4 gektar maydonga ekilgan xandon pista ko‘chatlari kesib tashlangani bo‘yicha jarima belgilangan edi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hududidagi tugallanmagan qurilish binosi oldida 35 tup jumladan – mojevennik, majnuntol, tut, qayrag‘och, eldor qarag‘ayi va boshqa manzarali daraxtlar kesib tashlangandi.
LiveBarchasi